Harakatlanuvchi mobil platforma ma'lum rejimda otlar bilan birga harakatlanadi. Barcha harakatlarni otlarning o'zlari bajarishadi, uskuna otlarni tormaydi yoki turtmaydi. Platformada hayvonlarning shikastlanishiga yo'l qo'ymaslik uchun maxsus yengil ishga tushirish va to'xtatish tizimi mavjud.
U otlarning jismoniy holatini – yurakning urish tezligini, nafas olishini, oyoq-qo'llarining harakatini va boshqalarni nazorat qilish uchun uskunalar bilan jihozlangan. Ma'lumotlar maxsus o'rindiqlarda joylashib oladigan mutaxassislar tomonidan nazorat qilinadi. Ular har bir otning mashg'ulotni to'g'i olib borayotganini nazorat qilgan holda, vaziyatga qarab yuklamalarni dinamik tarza o'zgartirishi mumkin.
Kurtsystemsning narxi taxminan 25 million dollarni tashkil qiladi. Biroq uning ixtirochilari uskuna bu pulni oqlashi, chunki birorta ham ot jarohatlanmasligi, ularning barchasi poygalarda qatnasha olishiga ishontirishmoqda. Biroq, ularning poygalarda g'alaba qozonishi kafolatlanmaydi. Kurtsystemsda olti oylik mashg'ulotdan so'ng murabbiylar poyganing turiga qarab, otlar bilan professional tarzda shug'ullanishi talab etiladi, deb xabar beradi techcult.ru.