Oʻzbekiston OTMlarida har yilgi qishki taʼtil sanalarini oʻzgartirish taklif qilindi

    Ta'lim 5 Fevral 2022 3552

    “Oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalarida taʼlim oluvchilarning har yilgi qishki taʼtili toʻgʻrisida”gi farmoni loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

    Loyihada professsional taʼlim muassasalari oʻquvchilari va oliy taʼlim muassasalari talabalarining har yilgi ikki haftalik qishki taʼtili dekabr oyining oxirgi oʻn kunligi va yanvar oyining birinchi oʻn kunligi (20-dekabrdan 10-yanvargacha) oraligʻida oʻtkazish taklif qilinmoqda.

    Belgilanishicha, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ va Uzbekistan airways AJ tqishki taʼtil boshlanishidan 10 kun avvaldan boshlab chiptaning toʻliq qiymatidan 50 foizli chegirma toʻlovi asosida respublika ichida harakatlanuvchi tezyurar va yoʻlovchi poyezdlariga hamda mahalliy aviareyslarga chiptalar sotuvini tashkil etadi.

    Oʻquvchi va talabalarning yoʻnalishli shaharlararo avtobus qatnovi orqali harakatlanishi uchun ham imtiyozli chiptalar taqdim etish mexanizmi joriy etiladi.

    Oʻquvchi va talabalarning qishki taʼtilda harakatlanish grafigini muvofiqlashtirish maqsadida yashash joyi respublikaning bir mintaqasida, taʼlim olish joyi esa boshqa mintaqasida boʻlgan oʻquvchi va talabalar haqida maxsus elektron platformani (www.e-holiday.uz) yaratiladi.