Yutilganidan so'ng u ovqat hazm qilish va mikrobiota haqida ma'lumot to'playdi.

Ma'lumki, fermentlar ingichka ichakdagi oziq-ovqatlarni yo'g'on ichak devorlari orqali so'rilishi uchun parchalaydi. Ko'pgina ichak mikrobiota tahlillari yo'g'on ichakdan keyin olingan namunalarga qaratilgan. Natijada metabolitlarning ko'pchiligi ingichka ichakda qoladi va tahlil vaziyatni to'liq bilish imkonini bermasligi mumkin.

CapScan deb nomlangan qurilma organizmga og'iz orqali yuboriladi, butun ovqat hazm qilish tizimi bo'ylab harakatlanadi, biosuyuqliklar va mikroorganizmlarning kichik namunalarini to'playdi. Oshqozon-ichak tizimining qaysi qismidan namuna olishni tanlash uchun mutaxassislar kapsulaning  k rN sezgir qoplamasidan foydalanishlari mumkin.

Kapsulalarni sinovdan o'tkazish tajribasida 15 nafar sog'lom odam ishtirok etdi. Sinovda ishtirok etganlarda bakteriyalar, viruslar, oqsillar va metabolitlarining soni va mavjudligi o'rganildi.

Yuqori va pastki ichaklarda ko'rsatkichlar ancha farq qilishi ma'lum bo'ldi. Bundan tashqari, 2000 ga yaqin metabolitlar, shuningdek, ovqatlanish va metabolitlar o'rtasidagi bog'liqlik aniqlangan, deb xabar beradi lenta.ru.