Maqsad tashqi mehnat migratsiyasidan qaytgan shaxslarni reintegratsiya qilish, ularning bandligini taʼminlash, kasbiy malakasini oshirish va tadbirkorlik tashabbuslarini ragʻbatlantirish.
Tadbirda xorijda ishlab, yuqori malaka orttirib qaytgan mehnat migrantlarini qoʻllab-quvvatlash, ular bilan manzilli ishlaydigan, moliyaviy koʻmaklashadigan tizim yaratish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilayotgani taʼkidlandi.
Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga bugungi kunda xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasini aholi oʻrtasida keng targʻib qilish, davlatimiz tomonidan mehnat migrantlari uchun yaratilayotgan sharoitlar, imkoniyat va imtiyozlar toʻgʻrisida maʼlumot berildi.