Har gal tanlagan sohasida muvaffaqiyatli, lavozimda oʻsayotgan tengdoshlarimni koʻrsam, havas qilganman. Ularning safida boʻlishni, el-yurtga nafim tegishini istaganman. Shu sabab oʻz ustimda ishladim, rivojlandim. Bir kun orzularimga yoʻl ochilishiga ishonardim. vacancy.argos.uz platformasi menga shunday imkoniyatni berdi. Shaffoflikda, ochiq tarzda oʻtkazilgan bilim va salohiyat bahslarida muvaffaqiyatga erishdim va nufuzli tashkilotda oʻz faoliyatimni boshladim.
Salohiyatli kadrlarni saralash maqsadida puxta oʻylangan bu tizim yaqin kelajakda davlat fuqarolik xizmati sohasini yangi bosqichga olib chiqadi. Boshqaruvga yangicha fikrlaydigan, keng dunyoqarashli, muhimi kuchli bilimga ega kadrlarni saralab beradi. Bu esa Yangi Oʻzbekistonni barpo etishda ilgʻor dastak vazifasini oʻtashiga ishonaman.
Maftuna Normatova,
AOKA Toshkent shahar boshqarmasi bosh mutaxassisi lavozimiga oʻtkazilgan ochiq tanlov gʻolibi