Bugun, 1-aprel kuni, Ozarbayjon Respublikasi Milliy Mejlisi Raisi S.Gafarova boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan barpo etilgan “Yangi Oʻzbekiston” bogʻiga tashrif buyurdi.
Delegatsiya aʼzolariga Oliy Majlis Senati Raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyev hamrohlik qilmoqda.
Ozarbayjon Respublikasi Milliy Mejlisi Raisi S.Gafarova “Yangi Oʻzbekiston” bogʻidagi Mustaqillik monumenti poyiga gul qoʻydi.
Mehmonga majmuada aks ettirilgan tarixiy voqealarning mazmuni haqida soʻzlab berildi.
Mazkur bogʻ qisqa muddatda barpo etilgani, tarixchi olimlar, ijodkor ziyolilar, nuroniylar va yoshlar bilan maslahatlashib, “Yangi Oʻzbekiston” majmuasining gʻoyaviy va meʼmoriy yechimlariga alohida eʼtibor qaratilgani delegatsiya aʼzolarida katta taassurot qoldirdi.
Oʻzbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senatining
Axborot xizmati