Konferensiya ishi Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori, professor A.Shodmonovning anjuman ishtirokchilariga tabrik so'zi bilan boshlandi.
Anjumanda LOR a'zolari kasalliklarini tashxislash va davolash bilan bog'liq masalalarni bartaraf etish davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biriga aylanib ulgurgani alohida e'tirof etildi.
Konferensiyaning birinchi kunida Italiya olimlari tomonidan LOR a'zolari kasalliklarini tashxislash, davolash va oldini olish, COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda LOR a'zolari kasalliklariga yo'naltirilgan muhokamalar o'tkaziladi.
Birinchi marotaba uyquning obstruktiv apnoesi sindromi italiyalik va o'zbekistonlik otoringologlar tomonidan muhokama etilmoqda.