Xalqaro kurash assotsiatsiyasi prezidenti, Osiyo Olimpiya kengashining Osiyo o‘yinlari departamenti bosh direktori Haydar Farmon, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Oybek Qosimov, shuningdek, IKA mutasaddilari, qitʼalardagi kurash assotsiatsiyalarining rahbarlari, O‘zbekiston kurash federatsiyasi vakillari ishtirok etdi. 

Unda 2023 yil IKA tasnifida o‘tadigan xalqaro musobaqalar taqvimi ko‘rib chiqildi.

Anjumanda  joriy yildan boshlab o‘tkaziladigan «Kurash–World Series Pro» musobaqasi rejasi tasdiqlandi. Unga ko‘ra, har bir qitʼada yiliga ikki bor «World Series Pro (WSP)» turniri o‘tkaziladi. Musobaqalar davomida kurashchilarning reytingi shakllantirib boriladi. Ushbu turnirlar yakunida har bir qitʼaning o‘z vaznidagi eng kuchli 2 nafar kurashchisi Toshkentda o‘tadigan yakuniy WSP-Masters musobaqasiga yo‘l oladi. 

Bellashuvlar erkaklar o‘rtasida -66 kg, -81 kg, -100 va mutlaq vazn, ayollar o‘rtasida esa -57 kg, -70 kg va mutlaq vazn toifalarida o‘tkaziladi. Yig‘ilishda turnirning reglamenti atroflicha ko‘rib chiqildi. Mazkur seriyadagi har bir musobaqa IKA tomonidan tashkil etiladi va tashkilot mutaxassislari tomonidan nazorat qilinadi. 

Shuningdek, yig‘ilish davomida O‘zbekiston Prezident qaroriga binoan milliy sport turi - kurashni xalqaro maydonda yana-da keng targ‘ib qilish, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida Yoshlar siyosati va sport vazirligi bilan hamkorlikda ushbu sport endi rivojlanayotgan mamlakatlarga kurash gilamlarini yetkazib berish masalalari ham ko‘rib chiqildi.