O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 20-oktabrdagi PF-6084-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2020 – 2030-yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasida ilmiy asoslangan yangi so‘z va atamalarni muntazam ravishda rasmiy muomalaga kiritib borish vazifasi belgilangan.

Mazkur topshiriq ijrosini samarali ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasi tomonidan turli fan va faoliyat sohalariga oid atamalar muntazam ravishda tahlil qilinib, ularning milliy til me’yorlariga mos muqobillari ishlab chiqilmoqda hamda belgilangan tartibda rasmiy iste’molga kiritilmoqda. Ushbu jarayon o‘zbek tilining ilmiy va rasmiy uslubdagi imkoniyatlarini kengaytirish, terminologik tizimni milliylashtirish, atamalarning yagona me’yor asosida qo‘llanishini ta’minlash hamda davlat tilining nufuzi yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

41 ta xorijiy atamaning rasmiy o‘zbekcha muqobili tasdiqlandi. Jumladan:

antrakt — tanaffus;

banket — ziyofat;

breket — tishsim;

brend — xosnom;

datchik — sezgich;

dedlayn — so‘ngmuddat;

dekoratsiya — sahnabezak;

mikser — qorg‘ich;

palatka — chodir;

rakovina — chanoq;

rasprodaja —arzonsotuv;

suflyor — shivirchi;

frilanser — erkin ishchi;

emoji — hisbelgi;

xeshteg — kalitso‘z;

xostel — qo‘noquy.