Tegishli tashkilotlar ishchi guruhlari tomonidan taqdim etilgan takliflar Oʻzbekiston Respublikasi Atamalar komissiyasining ishchi kengashi — Fanlar akademiyasi huzuridagi Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti olimlari ishtirokida muhokama qilindi.

Ishchi organ taqdim etilayotgan atamalarning milliy muqobillari yuzasidan qoʻshimcha fikr va takliflarni ham qabul qilishini maʼlum qildi. Fuqarolar oʻz mulohazalarini izohlar orqali bildirishga chaqirildi.

Roʻyxat

Chet tilidagi soʻz va atamalar — Oʻzbekcha muqobili

  1. Akselbant — Zarhal bogʻ(ich)
  2. Ambrazura — Shinak
  3. Ataka — Hamla
  4. Baraban — Nogʻora
  5. Barabanchi — Nogʻorachi
  6. Blindaj — Panajoy
  7. Blokada — Qamal
  8. Blokpost — Toʻsiqpost
  9. Bronejilet — Zirhnimcha
  10. Veshmeshok — Yukxalta
  11. Gauptvaxta — Tutuqxona
  12. Gorn — Burgʻu
  13. Gornchi — Burgʻuchi
  14. Diversant — Qoʻporuvchi
  15. Diversiya — Qoʻporuvchilik
  16. Dozor — Erovul
  17. DOT (Dolgovremennaya ognevaya tochka) — UMMON (uzoq muddatga moʻljallangan otish nuqtasi)
  18. Dubinka — Tayoq
  19. Zapal — Chaqnatkich
  20. Kaska — Dubulgʻa
  21. Kokarda — Jigʻa
  22. Kotelok — Qozoncha
  23. Kursant — Kursant, tinglovchi
  24. Lager — Jamloq
  25. Marsh — Yurish
  26. Mishen— Nishon
  27. Okop — Xandaq
  28. Payok — Payok (payok soʻzi umumturkiy pay soʻziga ruscha -k kichraytirish qoʻshimchasini qoʻshishdan yasalgan)
  29. Planshet (harbiylar sumkasi) — Yonchiq
  30. Poligon — Dala oʻquv maydoni
  31. Protivogaz — Gazniqob
  32. Rejim — Tartibot
  33. Stvol — Oʻqquvur
  34. Transheya — Xandaq yoʻlagi
  35. Trevoga — Bong
  36. Trenchik (furajkaning zanjiri) — Zanjirbogʻ
  37. Tribunal — Harbiy mahkama
  38. Fortifikatsiya — Istehkom
  39. Furajka — Boʻrk
  40. Shevron — Uqa
  41. Emblema — Tanuq