Xususan, Anqara shahridagi Anqara taraqqiyot agentligi rahbariyati bilan turli yoʻnalishlarda hamkorlik masalalri muhokama qilindi. Agentlik tomonidan startap ekotizimini rivojlantirish mexanizmi va bu borada qilinayotgan ishlar toʻgʻrisida maʼlumot berildi.
Respublikamizda tashkil qilingan innovatsion hududlardagi startaplarni qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshiriladigan ishlarda tajriba almashish va Turkiya ilgʻor tajribasini tanishtirish taklif qilindi.
Shuningdek, qoʻshma startap loyihalarini amalga oshirishda oʻzbek va turk startaplari oʻrtasida koʻprik vazifasini amalga oshirishda yordam berish taklifi bildirildi.
2009-yilda tashkil etilgan Anqara taraqqiyot agentligi Anqaraning barqaror rivojlanishi uchun novatorlik faoliyatini yuritadi. Anqara taraqqiyot agentligi markazlashgan mintaqaviy rejalarni tayyorlaydi va ushbu rejalarda belgilangan asosiy maqsadlar va ustuvorliklarga moʻljallangan loyihalarga moliyaviy va texnik yordam koʻrsatadi.