Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining xabar berishicha, shu yilning 15-iyul kuni soat 14:17 da Toshkent shahar Chilonzor tumani, Chilonzor koʻchasida ochiq maydonda quruq oʻt, eski avtomobil shinalari yonayotganligi toʻgʻrisida, Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.
Kelib tushgan xabarga asosan, yongʻin-qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga soat 14:25 da yetib borib, yongʻin 14:52 da qurshab olingan va 15:06 da batamom oʻchirilgan.