“Oʻzbekgidroenergo” AJ hamda tizim korxona va tashkilotlarida tegishli tartibda ishchi-xodimlarni COVID-19 ga qarshi vaksina bilan emlash borasida rahbariyat tomonidan zaruriy amaliy-tashkiliy chora-tadbirlar koʻrilmoqda.
Taʼkidlash joizki, tizimda faoliyat yurituvchi ishchi-xodimlar COVID-19 infeksiyasiga qarshi mutaxassislar nazoratida Xitoy-Oʻzbekiston vaksinasi (ZF-UZ-VAC2001) bilan emlanmoqda. Vaksina bilan emlanganlar doimiy nazoratda boʻlib, jiddiy nojoʻya taʼsirlar kuzatilmayapti. Tibbiyot xodimlari tomonidan mazkur Xitoy-Oʻzbekiston vaksinasi (ZF-UZ-VAC2001) kasallikka qarshi kuchli immunitet hosil qilishi tufayli samarasi yuqori boʻlayotgani alohida qayd etilmoqda.
Joriy yilning 13-iyul holatiga koʻra, Jamiyat markaziy ijro apparati xodimlari 100% Xitoy-Oʻzbekiston vaksinasi (ZF-UZ-VAC2001) bilan emlandi. Jamiyat tasarrufidagi gidroelektrostansiyalarda emlash ishlari 86 % ga bajarildi. Shuningdek, tizim korxonalari, “Oʻzbekgidroenergoqurilish” AJ, “Gidromaxsusqurilish” AJ, “Gidroproyekt” AJ, “Suvsanoatmash” AJlarida esa, bu koʻrsatgich 84 % ga yetkazildi. Qurilish direksiyalari va boshqa tarkibiy korxonalarda vaksinatsiya ishlari emlash ishlari davom ettirilmoqda. Emlash tadbirlari 14-iyul kuni 100%ga yetkazilib, COVID-19 ga qarshi vaksina bilan emlash tadbirlarining birinchi bosqichi toʻliq yakunlanishi rejalashtirilgan.
Shuni alohida taʼkidlash joizki, alohida kasalliklari mavjud yaʼni, emlash uchun xavf guruhlardan yurak qon tomir kasalligi bilan ogʻrigan, qandli diabet, surunkali respirator kasalliklar hamda xavfli oʻsma kasalliklari aniqlangan ishchi-xodimlar tibbiy holati tekshirilib, vrach xulosasiga koʻra emlash ishlari olib borildi.
“Oʻzbekgidroenergo” AJ tomonidan olib borilgan chora-tadbirlardan maqsad ishchi-xodimlarning salomatligini muhofaza qilish, kasallikka chalinganlarning tuzalishiga yordam koʻrsatish va kasallanish holatlarining oldini olishga qaratilgan.