Pekin shahrida “Bir makon, bir yoʻl” uchinchi xalqaro forumi boʻlib oʻtmoqda.

Mazkur forum doirasida “Oʻzbekgidroenergo” AJ hamda “China Southern Power Grid International” kompaniyasi oʻrtasida Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida joylashgan quvvati 600 MVt ga teng, umumiy qiymati 1 milliard dollar boʻlgan “Yuqori Pskem” gidro elektr stansiyasi istiqbolli loyihasini birgalikda amalga oshirish boʻyicha kelishuv imzolandi. Bu haqda "Oʻzbekgidroenergo” AJ axborot xizmati maʼlum qildi.

Tadbirda Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston energetika vazirlari, “Oʻzbekgidroenergo” AJ boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari Fozil Mahmudov hamda “China Southern Power Grid International” kompaniyasi rahbariyati ishtirok etdi.