Bayon topshiriqlarini bajarishga hukumat aʼzolari, tegishli mutasaddi tashkilotlar rahbarlari hamda viloyatlar va tumanlar hokimlari shaxsan masʼul ekanligi belgilab qo‘yildi. 

2022-yilda respublikamiz bo‘ylab tarmoqda 1 mln 130 ming 617 nafar aholini ish bilan band qilish ko‘zda tutilgan. Yuqorida keltirilgan dolzarb masalalar ijrosi yuzasidan "O‘zbekipaksanoat" uyushmasi Markaziy apparati xodimlari boshchiligida Bandlikni taʼminlash bo‘yicha shtab tuzildi. Bugungi majlisda Shtab aʼzolari oldilariga qo‘yilgan masʼuliyatli vazifalarni bajarish mexanizmi tushuntirildi.