Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi oʻrtasida savdo-iqtisodiy, ijtimoiy sohalardagi munosabatlarni amaliy mazmun bilan boyitish, parlamentlararo aloqalarni mustahkamlash, hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalarning borishi muhokamalarning asosini tashkil etdi.

Oʻzaro savdo aylanmasi barqaror oʻsishda davom etayotgani, Yevropaning yetakchi kompaniya va banklari bilan yuqori texnologik ishlab chiqarish va yangi ish oʻrinlarini yaratish boʻyicha istiqbolli loyihalar amalga oshirilayotgani, bunda “GSP+” tartibi sifatli oʻzbek tovarlarini Yevropa bozoriga eksport qilishning ragʻbatlantiruvchi omiliga aylangani taʼkidlab oʻtildi.

Uchrashuv davomida Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi davlatlari hamkorligini yangi bosqichga olib chiqishda parlamentlar imkoniyatlaridan foydalanishni kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi. Bu borada “Yevropa Ittifoqi – Oʻzbekiston” Parlament hamkorligi qoʻmitasi doirasida tashkil etilgan muloqotning oʻrni muhimligi qayd etildi.

Ayni paytda Oliy Majlis Senati bilan yoʻlga qoʻyilgan Yevropa Ittifoqining “Inter Pares” – “Parlamentlar hamkorlikda” loyihasining borishi yuzasidan fikr almashildi.

Taʼkidlashjoiz, “InterPares” – YevropaIttifoqiningparlamentarizmnimustahkamlashboʻyichaglobaldasturiboʻlib, Demokratiyavasaylovgakoʻmaklashishxalqaroinstituti (IDEA) tomonidanYevropaIttifoqigahamkormamlakatlarparlamentlariningekspertkoʻmagidaamalgaoshiriladi. MazkurloyihaMarkaziyOsiyodavlatlariorasidaaynanyagonahamkorsifatidaOʻzbekistonparlamentibilanyoʻlgaqoʻyilib, Vengriya, Germaniya, Kipr, Litva, Slovakiya, Fransiya, Chexiyahamkordavlatlarhisoblanadi.

Tomonlar loyihani samarali amalga oshirishning ustuvor jihatlarini birma-bir muhokama qilib, amaliy muloqotning har bir tarkibiy, yaʼni moliyaviy nazorat, gender tenglik masalalari, yoshlar parlamenti, elektron parlament yoʻnalishida hal etilishi zarur boʻlgan vazifalar yuzasidan kelishib oldilar.

Shuningdek, muloqot davomida mintaqaviy hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlarini qoʻllab-quvvatlash, barqaror rivojlanish, aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va BRMga erishish boʻyicha qoʻshma loyiha va dasturlarni amalga oshirishda Yevropa Ittifoqi hamda uning ixtisoslashgan idoralari bilan munosabatlarni faollashtirishga kelishib olindi, deb xabar beradi, Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.