Ikki mamlakat vazirlari boshchiligidagi delegatsiya vakillari mamlakatlarimiz o'rtasida transport-kommunikatsiya aloqalarini yanada rivojlantirish maqsadida "O'sh – Saritosh - Irkeshtom" avtomobil` yo'li bo'ylab o'rganish va tadqiqot ishlarini o'tkazishmoqda. Xususan, delegatsiya a'zolari “Irkeshtom” chegara bojxona postining ish faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, "Qashg'ar – Irkeshtom – O'sh – Andijon – Toshkent"  multimodal transport koridori salohiyatini kengaytirish, uning imkoniyatlaridan oqilona va samarali foydalanishni rivojlantirish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar va mavjud muammolar joyiga chiqqan holda o'rganilmoqda. Xususan, Chiyirchiq, Taldiq, Tonmurun dovonlari va Saritosh punkitiga tashrif buyurildi.

Uchrashuv davomida vazirlar ikki mamlakat o'rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish va kengaytirish bo'yicha bitimlar doirasida hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.