Jumladan, Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi vakillari tomonidan bir qator yirik xalqaro tashkilotlar va kompaniyalar mutasaddilari ishtirokida uchrashuvlar o‘tkazilib, chiqindilarni boshqarish sohasida Markaziy Osiyo hamda xorijiy davlatlarning hamkorlikdagi chora-tadbirlari muhimligiga ahamiyat berildi.

Shu o‘rinda, olib borilgan uchrashuvlar natijasida Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi direktori Sharifbek Hasanov hamda Saudiya Arabistonining “VISION INTERNATIONAL INVESTMENT COMPANY” Prezidenti Omar Almidani va Fransiyaning “SUEZ INTERNATIONAL” kompaniyasi Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha bosh direktori Silvere Delaunay o‘rtasida kelishuv (Head of Terms) imzolanishiga erishildi. 

Mazkur loyiha xavfli chiqindilarni qayta ishlash bo‘yicha hamkorlikni ko‘zda tutib, umumiy qiymati 78 mln AQSh dollarini tashkil etadi.

Ta’kidlash joizki, 100 dan ortiq mamlakatdan 10 mingdan ziyod delegat va ishtirokchilarni jamlagan forum xalqaro nufuzi tobora ortib borayotgani hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga xalqaro hamjamiyatning ishonchi mustahkamlanayotgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.