Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-sentyabr oylarida Oʻzbekiston 43 ta xorijiy davlatlarga qiymati 105,2 million AQSH dollariga teng boʻlgan qariyb 140 ming tonna uzum eksport qilgan.

Oʻtgan 9 oy mobaynida Oʻzbekiston eng koʻp uzum eksport qilgan davlatlar:

Rossiya – 58,1 ming tonna;

Qozogʻiston – 44,1 ming tonna;

Qirgʻiz R. – 15,3 ming tonna;

Xitoy – 6,5 ming tonna;

Turkiya – 3 ming tonna;

Saudiya Arabistoni – 2,3 ming tonna;

Ukraina – 2,2 ming tonna;

Belarus – 1,7 ming tonna;

Iroq – 1,3 ming tonna;

Ozarbayjon – 912,6 tonna;

Germaniya – 807 tonna.

2021-yil yanvar-iyun oylarida respublikamizda 45497 tonna uzum yetishtirilgan.

Sentyabr oyida uzum narxlari avgust oyiga nisbatan oʻrtacha 9,3 foizga arzonlashgan.