Davlat bojxona qo‘mitasi ma'lumotiga ko‘ra, bodomning 52 foizi Qirg‘izistonga, 11 foizi Germaniyaga va 9 foizi Turkiyaga sotilgan.

Shuningdek, joriy yil bodomning eksporti Niderlandiyaga 5,4 barobarga, Ispaniyaga 5 barobarga, Hindistonga 2,5 barobarga va Armanistonga 2 barobarga ortdi.

Bundan tashqari tashqi savdo vakillarining yangi bozorlardan sheriklar topishi natijasida  Xitoy, Shveytsariya, Vengriya va Frantsiyaga ilk marotaba bodom eksporti yo‘lga qo‘yildi.