Oʻzbekiston Afgʻonistonga qariyb 23 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan

    2021-yilning yanvar-sentyabr oylarida Oʻzbekiston qiymati 624,9 million AQSH dollariga teng boʻlgan 1,1 million tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan.

    Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-sentyabr oylarida Oʻzbekiston qiymati 624,9 million AQSH dollariga teng boʻlgan 1,1 million tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan.

    Oʻzbekiston 2021-yilning 9 oyida meva va sabzavotlarni eng koʻp eksport qilgan davlatlar:

    Qozogʻiston – 483 ming tonna;

    Rossiya – 289 ming tonna;

    Qirgʻiz R. – 100 ming tonna;

    Xitoy – 40 ming tonna;

    Ukraina – 26 ming tonna;

    Afgʻoniston – 23 ming tonna;

    Turkmaniston – 21 ming tonna;

    Pokiston – 19 ming tonna;

    Belarus R. – 11 ming tonna;

    Turkiya – 9 ming tonna;

    Ozarbayjon – 6 ming tonna;

    Eron – 6 ming tonna;

    Germaniya – 3,4 ming tonna.