Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-sentyabr oylarida Oʻzbekiston qiymati 624,9 million AQSH dollariga teng boʻlgan 1,1 million tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan.

Oʻzbekiston 2021-yilning 9 oyida meva va sabzavotlarni eng koʻp eksport qilgan davlatlar:

Qozogʻiston – 483 ming tonna;

Rossiya – 289 ming tonna;

Qirgʻiz R. – 100 ming tonna;

Xitoy – 40 ming tonna;

Ukraina – 26 ming tonna;

Afgʻoniston – 23 ming tonna;

Turkmaniston – 21 ming tonna;

Pokiston – 19 ming tonna;

Belarus R. – 11 ming tonna;

Turkiya – 9 ming tonna;

Ozarbayjon – 6 ming tonna;

Eron – 6 ming tonna;

Germaniya – 3,4 ming tonna.