Bu hodisa Oʻzbekistonda nihoyatda kam uchraydi, koʻpincha u qishi barqaror sovuq hududlarda kuzatiladi.
Ushbu hodisaning vujudga kelish sababi shundaki, u sovuq Sibir antitsiklonining taʼsiridan kelib chiqadi. Odatda, bunday sinoptik vaziyatda yogʻingarchilik kuzatilmaydi.
Shu bilan birga, yer yuzasidagi havo qatlamlarining tungi kuchli sovishi tufayli pastki havo qatlamlari yuqori qatlamlardan sovuqroq boʻlganda, haroratni teskari oʻzgarishi sodir boʻladi. Natijada konveksiyani oldini oladigan “blokirovka qiluvchi” qatlam paydo boʻladi, u konveksiya hodisasiga toʻsqinlik qiladi. Bunday holatda, jadal ravishda ishlaydigan qozonlarning quvvatlari orqali havoga koʻp miqdorda tashlanadigan iliq bugʻ, xuddi shu qatlamga “urilib” tushgandek, quyuqlashadi va qor donalari shaklida yogʻadi.
Ushbu hodisani oʻrgangan baʼzi tadqiqotchilar buni “texnogen qor” deb atashadi. Biroq, bu butunlay toʻgʻri emas. Shunga qaramay, bu antropogen omil taʼsirida oʻzgartirilgan tabiiy hodisadir, deb xabar beradi Oʻzbekiston gidrometeorologiya markazi.