Shuningdek, tadbirda ichki ishlar organlari tizimida xizmat qilayotgan 200 nafar xotin-qiz ishtirok etdi. Forum doirasida Adiblar xiyoboniga tashrif buyurilib, sadoqat va vafo ramzi Zulfiyaxonim haykali poyiga gulchambarlar qoʻyildi.

Bundan tashqari, forum davomida “Uch avlod uchrashuvi” oʻtkazilib, unda ichki ishlar vazirining maslahatchisi general-polkovnik Z.Almatov ushbu sohaning qanchalik sharafli ekanligi va shu bilan birga oʻziga yarasha mashaqqatlari borligini taʼkidladi.

Bundan tashqari, ichki ishlar organi tizimida xizmat qilayotgan 52 nafar xotin-qizga moddiy yordam berish maqsadida foizsiz kredit olish uchun sertifikatlar hamda forumga tashrif buyurgan Mudofaa, Adliya vazirliklari hamda Milliy gvardiya, Bojxona qoʻmitasi saflarida xizmat qilayotgan xotin-qizlarga ichki ishlar vazirining esdalik sovgʻalari taqdim etildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarga madaniy hordiq ulashish maqsadida Muqimiy nomidagi Oʻzbekiston davlat musiqali teatrida “Ayyorgina ayolim” nomli spektakl namoyish etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Axborot xizmati