IIV maʼlumotiga koʻra, 2023-yil 16-noyabrdan boshlab respublikaning barcha hududlarida pirotexnika buyumlarining noqonuniy muomalasiga chek qoʻyish maqsadida olib borilayotgan kompleks chora-tadbirlar natijasida bugunga qadar 3 ming 641 holat aniqlandi.
8 milliard 922 million soʻmlik mahsulotlar olib qoʻyildi. 1 ming 941 nafar huquqbuzar maʼmuriy javobgarlikka tortildi, 26 jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.