“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ xabariga koʻra, temir yoʻl izlarini taʼmirlash va modernizatsiya qilish rejasi asosida “Alatun — Neguz” temir yoʻl bekatlari oraligʻidagi koʻprikda modernizatsiya ishlari olib borilishi sabab bir qator yoʻlovchi poyezdlar harakati bekor qilinadi va harakat jadvaliga oʻzgartirishlar kiritiladi.
24-25-noyabr kuni 80-sonli “Toshkent — Termiz” poyezdi Toshkent bekatidan ikki reysga, 25-26-noyabr kuni 79-sonli “Termiz — Toshkent” poyezdi Termiz bekatidan ikki reysga qatnovi bekor boʻlganligi sababli 681-sonli “Sariosiyo-Toshkent” poyezdida ham 25-26-noyabr kunlari ikkita reys amalga oshirilmaydi.
Ushbu yoʻnalishlar uchun rasmiylashtirilgan chiptalar puli toʻliq qiymatda qaytariladi.