Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkiya, Oʻzbekiston, Vengriya va Turkmaniston tashqi siyosat idoralari rahbarlari TTDHKning boʻlajak sammitiga tayyorgarlikning tashkiliy masalalari va tadbir kun tartibini muhokama qildilar, Davlat rahbarlari kengashiga kiritilgan hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqdilar va kelishib oldilar.
TTDHKni yanada rivojlantirish, turkiy tilli davlatlarning savdo-iqtisodiy, turizm, madaniy-gumanitar, fan-taʼlim va boshqa sohalardagi koʻp tomonlama hamkorligini kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.