Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Saylov kodeksiga muvofiq, partiya roʻyxati asosida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarining yagona saylov okrugi boʻyicha saylovini oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida saylov uchastkalari tuziladi.

Shunga koʻra, majlisda Tashqi ishlar vazirligi tomonidan “E-saylov” axborot tizimi orqali yuborilgan taqdimnomaga asosan Markaziy saylov komissiyasining Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida saylov uchastkalarini tuzish boʻyicha qarori qabul qilindi.

Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasining 39 ta chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida 56 ta saylov uchastkalari tuzilishi belgilandi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzuridagi saylov uchastkalari Toshkent shahri hududiga biriktirildi.