Muloqot davomida Misr qishloq xo‘jaligi vazirining joriy yil 7-8 sentyabr kunlari Samarqandda BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha yuqori martabali xalqaro konferensiyasida ishtiroki masalasi muhokama qilindi.

Misr  tomoniga O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirining ushbu tadbirda qatnashish uchun yo‘llagan taklif maktubi topshirildi.

 Vazir Al-Said al-Qusayr joriy yilda ikki tomonlama hamkorlik maslalarini muhokama qilish va qishloq xo‘jaligi  sohasida biznes-forum o‘tkazish maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurish rejasini maʼlum qildi.

Bo‘lib o‘tgan  uchrashuv yakunida Misr qishloq xo‘jaligi vazirligi rahbariyati uchun O‘zbekistonning iqtisodiy, investitsiyaviy, eksport-import sohalaridagi imkoniyatlari va salohiyati haqida taqdimot o‘tkazildi.