Oʻzbekistonning AQSHdagi elchixonasi fuqarolarni ogohlantirdi

    AQSHning Florida shtatining 51 ta shahrida «Milton« toʻfoni kirib kelayotgani munosabati bilan favqulodda holat eʼlon qilindi.

    Bu haqda "Dunyo" AA xabar qilmoqda.

    Oʻzbekistonning AQSHdagi elchixonasi vatandoshlarimizdan ehtiyot choralarini koʻrishini soʻradi.

    «Agar sizlarga shoshilinch yordam kerak boʻlsa, Oʻzbekistonning AQSHdagi elchixonasining quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin:

    +1-202-251-8298;

    +1-202-300-9526.

    Shuningdek, toʻfoni natijasida jabrlanganlar aniqlangan taqdirda, AQSHning Favqulodda vaziyatlarni boshqarish Federal agentligining quyidagi ishonch raqamlariga murojaat qilishingizni soʻraladi:

    - shoshilinch tibbiy yordam 911;

    - Favqulodda vaziyatlarni boshqarish Federal agentligi:

    (800) 621-3362/ (800) 462-7585/ (800) 985-5990;

    - umumiy masalalar boʻyicha: 202-646-2500.

    Florida shtati koʻmak liniyasi:

    +1-800-342-3557.

    Florida shtati Evakuatsiya qilishga koʻmaklashish xizmati:

    +1-800-729-3413», deyiladi xabarda.