Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YETTB) delegatsiyasiga Barqaror infratuzilma guruhi boshqaruvchi direktori Nandita Parshad va Markaziy Osiyo boʻyicha boshqaruvchi direktor Jujanna Xargitay boshchilik qildi.
YETTB va Energetika vazirligi mutasaddiligidagi “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ oʻrtasida kredit olish uchun mandat xati imzolandi.
Moliyalashtirish mablagʻlari 500 kV Sarimoy-Jonkeldi yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmogʻini qurish uchun investitsiya loyihasini amalga oshirishda ajratiladi. Bu elektr uzatish tarmogʻi mamlakatning ikki viloyatida boʻlajak shamol elektr stansiyalarining quvvatini toʻgʻridan-toʻgʻri taʼminlaydi: Quvvati 500 MVt boʻlgan “BASH” shamol elektr stansiyasi (Buxoro viloyati) va quvvati 500 MVt boʻlgan “Jonkeldi” shamol elektr stansiyasi (Navoiy viloyati).
Shuni alohida taʼkidlash kerakki, mazkur ikkita shamol elektr stansiyasini qurish loyihalari Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi tomonidan davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirilyapti. Mazkur loyiha boʻyicha 2021-yil 24-yanvarda kuni loyihaning ushbu bosh pudratchisi bilan aholi va mamlakat iqtisodiyotining oʻsib borayotgan talabini qondirish uchun foydalaniladigan elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisida, deb xabar beradi Enyergetika vazirligi matbuot xizmati.