Unda soʻzga chiqqan Oʻzbekiston ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri Aziz Abduhakimovning taʼkidlashicha, yurtimizda tadbirkorlar va investorlarni ragʻbatlantirish maqsadida bir qator imtiyozlar va soddalashtirilgan tartib yaratildi.

Xususan, QQS stavkasi 20 foizdan 12 foizga pasaytirildi, eksport uchun QQS 7 kun ichida qoplanadi. Endilikda investorlar tomonidan talab qilinadigan 7 mingdan ortiq xomashyo va tovarlar bojxona toʻlovlaridan ozod etildi, bojxona tartib-taomillari soddalashtirildi.

Hukumat tadbirkorlik faoliyatiga doir 500 ta meʼyoriy hujjatlarni bekor qildi, yana 70 ta davlat funksiyalari davlat-xususiy sheriklik (DXSH) orqali xususiy sektorga oʻtkazildi.

Ushbu forumda 140 dan ortiq xorijiy davlatlardan kelgan delegatlar, xorijiy investorlar, shuningdek, 600 ga yaqin mahalliy kompaniyalar faol qatnashmoqda.

Mazkur forumda umumiy qiymati 3 milliard dollarlik investitsiya loyihalari taqdim etilyapti. Tadbir ishtirokchilari bu forumda investitsiya imkoniyatlari haqida bilib olishi, balki sohaga sarmoya kiritishi ham mumkin. Buning 170 ta lot ochiq kim oshdi savdosiga qoʻyiladi.

Forum samarali va amaliy kelishuvlarga boy boʻlmoqda.

                                               Bahor Xidirova,

“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri