O‘zbekistonning Qohiradagi elchixonasidan ma'lum qilishlaricha, parvoz vatandoshlarni chet eldan olib chiqish uchun hukumat tomonidan tasdiqlangan jadvalga muvofiq bajarilgan.
Toshkentda Misrdan kelgan fuqarolar ikki hafta muddatga karantinga joylashtirildi.
Xalqaro tashkilotlarning xabar berishicha, 17 iyun holatiga ko‘ra, Misrda koronavirus bilan og‘rigan bemorlarning umumiy soni 47856 kishini tashkil etadi.