Ma’lumot uchun:

ALP - Buyuk Britaniyaning mavsumiy ishlar, oziq-ovqat, sanoat, logistika kabi sohalarda ishchilarni yetkazib beruvchi va manfaatlarini qo‘llab quvvatlovchi tashkiloti. Ushbu uyushmaga 300 dan ziyod yirik kompaniyalar a’zo. 

Muzokarada, Buyuk Britaniya Mehnat ta’minotchilari uyushmasi (ALP) direktori janob David Camp:

"O‘zbekiston Migratsiya agentligi bilan o‘zbekistonlik yoshlarni Angliya korxonalariga ishga joylashtirishdagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga tayyormiz", - deya ta’kidladi.

Uchrashuvda Britaniyaning mavsumiy ishchilar dasturi bo‘yicha O‘zbekiston fuqarolari uchun kvotalarni oshirish, yangi mavsumiy operatorlar bilan shartnomalar tuzish hamda yurtdoshlarimizni xavfsiz va tashkillashtirilgan holda ishga yollash yuzasidan kelishuvga erishildi.