Shu vaqtga qadar EI GSP+ dasturiga Armaniston, Boliviya, Kabo Verde, Qirg'iziston, Mongoliya, Pokiston, Filippin, Shri Lanka davlatlari to'liq a'zo hisoblanadi.
Bu dastur Evropa Ittifoqi bozorlariga rivojlanayotgan mamlakatlardan kelayotgan qishloq xo'jaligi va boshqa ayrim turdagi mahsulotlar eksportiga berilgan imtiyozlardir.
GSP+ dasturi O'zbekistonga nima beradi?
Dasturga to'liq a'zo bo'lgan davlat Evropa Ittifoqi bozorlariga 3000 ga yaqin mahsulotni bojxona to'lovlarisiz, 3200 turdagi mahsulotlarni esa pasaytirilgan stavkalar bo'yicha eksport qilish imkoniyatiga ega bo'ladi.
Bu O'zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar EI bozorlarida erkin sotilishi, mamlakatga yirik miqdorda valyuta kirib kelishi, o'z navbatida, mahsulotlar turi va sifati oshishi, minglab yangi ish o'rinlari oshishiga xizmat qiladi.
Bir so'z bilan aytganda, davlat byudjeti sezilarli ravishda o'sadi.