Mamlakatimiz umumiy reytingda 176-ta davlat qatoridan 94-pog'onaga ko'tarilib, aniqlangan Internet tezligi 32,39 Mbit/s.ni tashkil etdi.
Bir yil avval respublikamiz jahonda 112-o'rinni egallagan va Internet tezligi esa 19,91 Mbit/s. ni tashkil etgandi. Bundan ko'rinib turibdiki, bir yil ichida aniqlangan Internet tezligi 10 Mbit/s. dan yuqori ko'rsatgichlarga o'sdi va respublikamiz 18-pozitsiyaga ko'tarildi.
Ma'lumot uchun: Speedtest internet tezligini tekshirish uchun umumjahon internet foydalanuvchilar tomonidan ishlatiladi. Portal foydalanuvchilar tomonidan berilgan ma'lumotlar asosida tahlil olib boradi va doimiy ravishda reyting tayyorlaydi hamda e'lon qiladi.
Ookla kompaniyasi Internet tarmoqlari, ilova va texnologiyalarini sinov va testdan o'tkazuvchi jaxondagi etakchi kompaniyalardan biri, internet tezligi bo'yicha test o'tkazuvchi Speedtest portalining ixtirochisi. Speedtest portalida har yili foydalanuvchilar tomonidan 10 milliondan oshiq testlar o'tkaziladi. SHu tufayli kompaniya dunyo miqyosida tarmoqlarning ishlab chiqish quvvati, sifati va ommabopligi haqida batafsil va noyob ma'lumotlarga ega bo'ladi.