Oʻzbekiston Filippin bilan Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish boʻyicha ikki tomonlama muzokaralarni yakunladi. Bu haqda 1-dekabr kuni prezidentning JST masalalari boʻyicha maxsus vakili Azizbek Urunov oʻzining LinkedIn sahifasida maʼlum qildi.
Filippin Oʻzbekiston bilan tashkilotga aʼzo boʻlish boʻyicha ikki tomonlama muzokaralarni yakunlagan 23-mamlakat boʻldi. Urunov va respublikaning JSTdagi elchisi Tixanki ManuEl 1-dekabr kuni Jenevada boʻlib oʻtgan uchrashuvda protokolni imzoladilar. Marosimda JST bosh direktori oʻrinbosari Chjan Syanchen ham ishtirok etdi.
“Men Jenevada bilgan eng yaxshi elchilardan biriga ushbu natijaga erishish uchun ishtirok etgani, qoʻllab-quvvatlagani va birgalikda ishlagani uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. Oʻzbekiston-Filippin muzokara guruhlariga alohida minnatdorchilik bildiraman — biz buni birgalikda amalga oshirdik,” — deb yozdi Azizbek Urunov.
Prezidentning maxsus vakili Filippin soʻnggi ikki oy ichida Oʻzbekiston muzokaralarni yakunlagan toʻrtta davlatdan biriga aylanganini qoʻshimcha qildi. Bular orasida El-Salvador, AQSH va Xitoy bor.