Unda yozishicha, 2022/23- yilgi mavsumda O‘zbekiston YEI mamlakatlariga sarimsoq eksportidan katta foyda ko‘rishi mumkin. «Gap shundaki, Yevropa Ittifoqida sarimsoq narxi eksportdagi kechikishlar va Xitoydan sarimsoq yetkazib berish uchun logistika xarajatlarining ko‘payishi tufayli tobora oshib bormoqda,- deb yozadi «Fresh Plaza». - Shu bois importchilar YEI bozorida Xitoy sarimsoqini qisman O‘zbekiston sarimsoqiga almashtirish imkoniyatidan manfaatdordir».

Maqolada qayd etilganidek, O‘zbekiston yiliga 3 ming tonnaga yaqin sarimsoqni asosan Rossiya va Qozog‘istonga eksport qiladi. «2018- yilda rekord darajadagi eksport hajmi qayd etildi, o‘shanda 5 ming tonnadan ortiq yangi mahsulot eksport qilingan, deb yozadi makba. 2022 yilda, sarimsoq yig‘im-terim mavsumining boshidanoq uning eksportiga qiziqish ancha yuqori darajada ekanligini ko‘rsatmoqda».

Maqola so‘nggida O‘zbekiston YEI mamlakatlariga yangi sarimsoq  eksporti bo‘yicha maʼlum tajribaga ega ekanligi va ushbu mahsulot AQShga yetkazib berilayotgani ham taʼkidlangan. «O‘zbek sarimsoqining YEI va AQShga eksporti asosan 2019 yilda amalga oshirildi. O‘zbekistondan sarimsoq sotib olgan YEI davlatlari orasida Latviya, Polsha va Chexiya bor. Shuningdek, BAAga ham har yili maʼlum miqdorda O‘zbekistonda yetishtirilgan sarimsoq yetkazib berilmoqda»,- deb yozadi «Fresh Plaza».