баннер
23 Mar 2025
00:09

    Oʻzbekiston kichik AESlar qurilishiga Fransiya kompaniyalarini jalb etmoqchi

    Oʻzbekiston yadro energetikasida nafaqat texnologik, balki moliyaviy sabablarga koʻra ham hamkorlikni diversifikatsiya qilishni rejalashtirmoqda.

    Oʻzbekiston Jizzax viloyatidagi kichik quvvatli atom elektr stansiyasi qurilishi loyihasiga Fransiya kompaniyalarini jalb etmoqchi. Bu haqda Fransiyaning “Le Figaro” gazetasi xabar bermoqda.

    “Biz Fransiyaning Assystem (texnik hamkor), Bureau Veritas (oʻqitish masalalari boʻyicha) va Framatome (elektr stansiyalarini texnik boshqarish boʻyicha) kabi bir qancha kompaniyalari bilan muzokaralar olib bormoqdamiz”, – degan “Oʻzatom” rahbari Azim Axmedxadjayev “Le Figaro” gazetasiga bergan intervyusida.

    Uning soʻzlariga koʻra, Oʻzbekiston yadro energetikasida nafaqat texnologik, balki moliyaviy sabablarga koʻra ham hamkorlikni diversifikatsiya qilishni rejalashtirmoqda.

    “Fransiya — eng ilgʻor texnologiyalarni taklif qila oladigan mamlakat”, – deya qoʻshimcha qildi Ahmadxoʻjayev.

    Maʼlumot uchun, “Oʻzatom” Assystem shoʻba korxonasi boʻlgan Fransiyaning Assystem Engineering and Operation Services kompaniyasi oʻrtasidagi shartnoma 2024-yil dekabr oyida imzolangan edi.

    Joriy yilning fevralida esa Azim Axmedxoʻjayev birinchi marta turli xorijiy tuzilmalarni jalb qilgan holda kichik atom elektr stansiyasini qurish uchun “xalqaro konsorsium” tuzish rejalari haqida maʼlum qilgan.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech