Davlat va xususiy sektor vakillari, sport tashkilotlari rahbarlari hamda 170 ming nafarga yaqin xodimlarni band qilgan 200 dan ortiq tadbirkorlar ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi.

Yigʻilishda tadbirkorlik subyektlarini sportga jalb qilish va ular oʻrtasida musobaqalar oʻtkazilishini tizimli tarzda yoʻlga qoʻyish maqsadida Oʻzbekiston korporativ sport assotsiatsiyasi tashkil etildi.

Unda Savdo-sanoat palatasi raisi D.Vahobov Oʻzbekiston korporativ sport assotsiatsiyasi raisi, “AKFA GROUP” asoschisi J. Ortiqxoʻjayev raisining birinchi oʻrinbosari, “International Beverages Tashkent” MCHJ XK direktorlar kengashi raisi Sh.Ergashev rais oʻrinbosari, Sh.Sattorov ijrochi direktor etib saylandi.

Uchrashuvda korporativ sportni rivojlantirish va ommalashtirish, assotsiatsiya tomonidan tadbirkorlar oʻrtasida sport musobaqalarini tizimli tashkil etish asnosida mahoratli yoshlarni saralash lozimligi taʼkidlandi.

Shuningdek, turli sport turlari boʻyicha assotsiatsiya Boshqaruv kengashi aʼzolari sifatida quyidagi yirik tadbirkorlar belgilandi:

  • Bekzod Mamatqulov — futbol va futzal;
  • Zafar Hoshimov — basketbol;
  • Bahodir Abdullayev — stol tennisi;
  • Murod Nazarov — yengil atletika.