Tadbir davomida mazkur sport turini rivojlantirish borasida Namangan muhandislik-texnologiya instituti qoshida alohida maktab yaratilganligi, ushbu maktab tarbiyalanuvchilari muntazam ravishda nufuzli musobaqa va turnirlarda viloyatimiz sharafini munosib himoya qilib kelayotganligi taʼqidlandi.

Botirjon Nuriddinov, shuningdek, oʻz soʻzida institut jamoasidan umidi katta ekanligini bildirdi.

Shundan soʻng, kuni kecha Toshkent shahri boʻlib oʻtgan sportning “Muay-tay” turi boʻyicha Oʻzbekiston kubogi musobaqasida ishtirok etib, gʻoliblikni qoʻlga kiritgan 10 nafar sportchi yoshlar, Oʻzbekiston Respublikasi Sport ustasi unvonini qoʻlga kiritgan 4 nafar yigit-qizga viloyat hokimligining tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari topshirildi.

Institutda mazkur sport turi boʻyicha talabalarga saboq berayotgan murabbiy, Jismoniy tarbiya va sport kafedrasi dotsenti Ulugʻbek Qoʻchqorov soʻz olib, navbatdagi musobaqalarga katta tayyorgarlik ishlari davom etayotganligi haqida toʻxtalib oʻtdi.

Shuningdek, havaskor va professional “Muay-tay” assosatsiyasi Namangan viloyati boʻlimi rahbari Mahmudjon Kamalov, Namangan muhandislik-texnologiya instituti prorektorlari Umarjon Meliboyev hamda Oybek Ergashev ham sportchi talabalarni navbatdagi yutuqlari bilan samimiy tabrikladi.

Namangan muhandislik-texnologiya instituti

Axborot xizmati