Rejissyor Jivko Darakchiev va stsenariy muallifi Iv Nillining mazkur ijod mahsuli tomoshabinlarni O'zbekistonning g'aroyib joylari tarixi, urf-odatlari, sir-sinoatlari  ummoniga g'arq qilib, boy madaniyatimiz bilan tanishtiradi.

O'tmish va hozirgi kunning hayratlanarli jilolarini aks ettirgan ushbu fil`m qarshimizda yangi istiqbol eshiklarini ochadi.

Fil`m prem`erasi Luvrda uyushtirilayotgan «O'zbekiston vohalarining xazinalari. Karvon yo'llari chorrahasida» nomli keng ko'lamli ko'rgazmasining ochilish marosimi bilan bir paytga mo'ljallandi. Fil'mni O'zbekistonning barcha kanallari orqali tomosha qilish mumkin bo'ladi.