Unda “Cert International” xalqaro sertifikatlash organi vakili janob Riad Ibragimov, Jamiyat boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov, Boshqaruv raisining oʻrinbosarlari hamda 15 nafar “Cert academy” xalqaro trening kompaniyasi bilan tashkil etilgan oʻquv seminarda ishtirok etgan “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati mutaxassislari ishtirok etishdi.
ISO 9001 sifat menejmenti Jamiyat faoliyatining xalqaro maydondagi ishonchli hamkor ekanligini anglatuvchi belgi hisoblanadi.
Xalqaro sertifikatlash tashkiloti vakili Riad Ibragimov xalqaro toifadagi sertifikatni Jamiyat boshqaruvi raisiga topshirar ekan, energetika sohasi, xususan elektr energetika tarmogʻida strategik ahamiyatga ega muhim vazifalarni bajarib kelayotgan “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining kelgusi ish rejalariga muvaffaqiyatlar tiladi.
Demak, ISO 9001 xalqaro standarti boʻyicha “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining sifat koʻrsatkichlari doirasiga quyidagilar kiradi: Oʻzbekiston Respublikasining magistral elektr tarmoqlarini ekspluatatsiya qilish va ularni rivojlantirishni boshqarish, magistral elektr tarmoqlari orqali elektr energiyasini yetkazib berish hamda davlatlararo tranzitni amalga oshirish, deb xabar beradi Oʻzbekiston MET” AJ matbuot xizmati.