Oʻzbekiston Milliy gvardiyasi – “Oʻtkir tigʻ–2025” musobaqasi gʻolibi boʻldi

    Milliy gvardiya merganlari Xitoyda oʻtgan “Oʻtkir tigʻ–2025” xalqaro snayperlar musobaqasida 25 davlat orasida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

    Bellashuvlar 4 yoʻnalishda boʻlib oʻtdi. Oʻzbek merganlari ularning eng murakkab boʻlgan 2 tasida:

    • majmuaviy mashq (1200 metrdagi 24 nishonni yoʻq qilish)
    • shahar sharoitida baland binodan otish (100–650 m masofadagi 6 nishon) shartlarida rekord natija bilan 1-oʻrinni egalladi.

    Qolgan yoʻnalishlarda ham sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritib, umumiy hisobda 8 ta medal va texnik-taktik yoʻnalish boʻyicha musobaqa kubogi sohibiga aylandi.