Forum Koreya Respublikasi va Oʻzbekistonning pedagog kadrlar tayyorlash sohasidagi yetakchi oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida hamkorlikni kuchaytirishga qaratildi.

Tadbirda taʼlim tizimini rivojlantirish, oʻqituvchilarni tayyorlashda zamonaviy yondashuvlar, oʻquv dasturlarini takomillashtirish hamda koreys tili taʼlimining istiqbollari muhokama qilindi. Forumda Maktbgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari Azizbek Turdiyev, universitet rektori Zafar Raxmanov va Chxondju Milliy taʼlim universiteti vakili Park Yun Geong ishtirok etdi.

Shuningdek, universitet va Visang Education kompaniyasi oʻrtasida sunʼiy intellektga asoslangan raqamli taʼlimni rivojlantirish boʻyicha hamkorlik memorandumi imzolandi. Unga koʻra, “AllviA Connect Learning” platformasini 2026-yildan boshlab bosqichma-bosqich joriy etish rejalashtirilgan.

Forum Koreya va Oʻzbekiston oʻrtasida taʼlim sohasidagi ilmiy va madaniy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qildi.