Mamlakatimizning 14 ta hududidagi masjidlarda taroveh namozining boshlanish vaqtlari eʼlon qilindi.

Fargʻona –– 20:20

Namangan –– 20:20

Andijon –– 20:20

Toshkent v. –– 20:30

Toshkent sh. –– 20:30

Sirdaryo –– 20:30

Jizzax –– 20:30

Samarqand –– 20:30

Qashqadaryo –– 20:40

Surxondaryo –– 20:40

Navoiy –– 20:40

Buxoro –– 20:40

Xorazm –– 21:00

Qoraqalpogʻiston R. –– 21:10

«Ramazon oyi yaqinlashgani sayin moʻmin-musulmonlarning xursandchiligi yanada ziyoda boʻlmoqda. Shubhasiz, qutlugʻ oyga koʻtarinki ruh bagʻishlaydigan, bu oyga xos boʻlgan ibodat taroveh namozidir. Bu borada Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Kim Ramazon oyida iymon bilan savob umidida (tarovehda) qoim boʻlsa, avvalgi gunohlari kechiriladi” (Imom Buxoriy rivoyati), deganlar«, — deyiladi Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati xabarida.