Oʻzbekiston ogʻir atletika terma jamoasi Ukrainada oʻquv-mashgʻulot yigʻinini boshladi

    Sport 19 Yanvar 2021 1362

    Ogʻir atletika boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzolari Ukrainada yangi sport mavsumining dastlabki oʻquv-mashgʻulotlar yigʻiniga kirishdi.

    Bahrom Mendiboyev boshchiligida polvonlarimiz 3 hafta davomida Ukrainaning Kamenes-Podolskiy shahrida mashgʻulotlar olib borishadi. Soʻngra mashgʻulotlar Turkiyaga koʻchirilishi rejalashtirilgan.

    Ushbu yigʻinlar ogʻir atletikachilarimiz uchun aprel oyida Toshkentda oʻtkaziladigan Tokio olimpiadasiga yoʻllanmalar taqdim etuvchi litsenzion musobaqa - Osiyo chempionatiga tayyorgarlik vazifasini oʻtaydi.