Jumladan, Toshkent Davlat transport universiteti professori Sulton Amirov “Ixtirochilik uchun” medalini sazovor boʻldi. Olim  joy almashish, tezlanish, suyuqlik oqimi, tebranish, mexanik kuchlar va yuqori oqimlarni oʻzgartiruvchi qurilmalarning original konstruksiyalarini ishlab chiqqan. Ulardan 15 tasi temir yoʻl transporti korxonalarida qoʻllaniladi. 

Shuningdek, Fargʻona politexnika instituti “Ijodkorlik uchun” medali bilan taqdirlandi. Oliy oʻquv yurti jamoasi 380 ta EHM uchun dasturlarni roʻyxatdan oʻtkazib, kompyuter dasturiy taʼminoti rivojlanishiga katta hissa qoʻshgan. 

Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti esa “Intellektual mulk sohasidagi eng yaxshi korxona” mukofotiga sazovor boʻldi. Mazkur taʼlim muassasasi oʻzining ishlanmalariga 23 ta patent olgan. Bu haqida Intellektual mulk agentligi xabar bermoqda.