2022-yili Oʻzbekiston 78,6 million AQSH dollari miqdoridagi 316,7 ming dona muzlatgichni xorijga eksport qildi.
“stat.uz” portalida qayd etilishicha, oʻtgan yili muzlatgichlar eksporti 2021-yilning shu davridagiga nisbatan 74,8 ming donaga koʻpaygan.
Oʻtgan yili Oʻzbekiston eng koʻp muzlatgichni Rossiyaga eksport qilgan - 105,3 ming dona. Shuningdek, Qozogʻistonga – 104,7 ming dona, Tojikistonga – 63,7 ming va Qirgʻizistonga 21,1 ming dona mahsulot sotilgan. 21,9 ming dona muzlatgich esa boshqa mamlakatlar hissasiga toʻgʻri keladi.