O‘zbekiston bilan Malayziya o‘rtasidagi munosabatlarni, eng avvalo, iqtisodiy sohada yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Ikki tomonlama aloqalar faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

O‘zaro savdo hajmi oshmoqda, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida kooperatsiya loyihalari hamda ziyorat turizmi sohasida dasturlar amalga oshirilmoqda.

Sheriklik kun tartibini aniq amaliy mazmun bilan boyitish maqsadida kelgusi yilda Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi hamda qo‘shma biznes forumini o‘tkazishga kelishib olindi.